Toshkentdagi YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 11 dekabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 18 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH Shayxontohur tumanining Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida soat 20:20 larda sodir bo‘lgan. Unda 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. Davlatobod tumanida joylashgan xususiy maktabning o‘quvchisi do‘sti bilan Lacetti rusumli avtomobilni 150 ming so‘m evaziga ijaraga olib, haydagani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Shayxontohur tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing