Toshkentning yana bir ko‘chasi vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Turkqo‘rg‘on ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 aprel kunidan 25 aprel kuniga qadar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan doimiy ta’minlash maqsadida Kichik halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab Turkqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Xurshida ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida 35 kVli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, Turkqo‘rg‘on ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Harakat har ikki yo‘nalishda yo‘lning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 aprel kunidan boshlab Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofi deyarli besh oyga yopiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur tumani energiya resurslari Xurshida ko'chasi Turkqo'rg'on ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing