Toshkentdagi xususiy maktabda ikki o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
04 Oktabr
14887Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Target xususiy maktabida o‘quvchi ustozlari tomonidan kaltaklangani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 2008 yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi G‘.J.ga maktab o‘qituvchilari A.F. va N.M. tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, G‘.J.ga yengil tan jarohati yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M. larning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi birinchi ish kunidan 6-sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgandi. O‘shanda o‘qituvchi R.O. o‘quvchi E.G.ni qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan tortib olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Videoda o‘qituvchi bolani kurakda turmaydigan gaplar bilan haqorat qilib, doskaga qisib, bo‘ynidan bo‘g‘ib, bir necha marta urgani aks etgan. Bundan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistondan mazkur holatga izoh berishini so‘radi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Nyu-Yorkda rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi