Toshkentdagi festivalda ishtirokchi yiqilib tushdi
Jamiyat
−
21 may 2021
29434Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 may kuni Toshkent shahrida 5 tashabbus harakati start oldi. Harakat doirasida besh kunlik tadbirlar rejalashtirilgan.
QALAMPIR.UZ manbasi bergan xabarga ko‘ra, yoshlar festivalida baxtsiz hodisa yuz berdi. Workout zonasidagi turnikda shug‘ullanayotgan festival qatnashchilaridan biri yiqilib tushdi.
Yiqilgan yigitga festival uchun ajratilgan tez tibbiy yordam xodimlari yordam ko‘rsatgan.
Hozirda yiqilgan yigit shikastlangani aytilmoqda. U tekshiruvdan o‘tkazib, ahvoliga aniqlik kiritish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Ammo festival tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, u yengil jarohatlangan, hozirda ahvoli yaxshi. Unga festival o‘tkazilayotgan hududning o‘zida yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, festivalning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Bexzod Musayev, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.
LiveBarchasi