“5 tashabbus harakati” festivali uchun 1 mlrd so‘m ajratilgan — Ortiqxo‘jayev
Jamiyat
−
21 may 2021
6002Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida 5 tashabbus harakati start oldi. Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Bexzod Musayev, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Ortiqxo‘jayev “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida tashkil qilingan matbuot anjumanida tadbir byudjeti haqida ma’lumot berdi.
“Bu tadbir besh kun deyilgani bilan, agar yoshlar ma’qul keladigan bo‘lsa, muddat uzayishi mumkin. Shu boisdan ajratilgan mablag‘lar miqdori ham o‘sish ehtimoli bor. Hozircha dastlabki xarajatlar bo‘yicha 1 mlrd so‘m o‘tkazib beryapmiz. Bu summa festival qo‘shimcha tanlovlari, qo‘shimcha tadbirlari evaziga oshishi mumkin”, dedi Toshkent shahar hokimi.
“5 tashabbus harakati” festivali 5 kun davomida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi