Erondagi bayramda salyut otish oqibatida 17 kishi o‘lgani aytildi
Olam
−
15 mart 2023
4269Eronda yangi yil arafasida o‘tkazilgan “Chaharshanbe Suri” festivalida kamida 17 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Mahalliy “Tasnim” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular bayramni nishonlash vaqtida ko‘chalarda gulxan yoqish va pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda agentlikka tayanib, “Lenta.ru” xabar berdi.
Kecha, 14-mart kuni olingan axborotga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab jabrlanganlar soni 714 kishini tashkil etmoqda. Ularning 130 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan, sakkiz nafari reanimatsiyada, ayrimlarining oyoq-qo‘llari kesilgan.
Ma’lumot uchun, har yili Eron taqvimiga ko‘ra, yilning oxirgi chorshanbasiga o‘tar kechasi “Chaharshanbe Suri” bayrami nishonlanadi. Unda an’anaga ko‘ra, eronliklar olovdan sakrab o‘tadi va bayramlarda pirotexnika vositalari ham qo‘llaniladi. O‘tgan yili ushbu bayramda 1500 dan ortiq odam jabrlangan.
LiveBarchasi