AQSHda musiqa festivalida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Olam
−
06 noyabr 2021
8017AQSHning Texas shtatidagi Astroworld musiqa festivalida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan.
Gap kecha, 5 noyabr kuni kechqurun Xyustonda bo‘lib o‘tgan yirik yillik konsert haqida ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga tiqilinch sabab bo‘lgan. Festivalga jami 100 ming chipta sotilgan.
Shahar o‘t o‘chirish bo‘limi boshlig‘i Samuel Penaning tushuntirishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 21:15 da 50 ming kishilik olomon sahna oldiga yugura boshlagan va vahima paydo bo‘lgan. Oqibatda konsert to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, konsert boshlanishidan oldin ham muxlislar konsert bo‘lib o‘tayotgan Xyustondagi NRG bog‘i atrofiga “hujum” qilgan.
LiveBarchasi