Buxoroda har ikki yilda Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

Jamiyat

image

2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Festival 2022 yil 21–25 may kunlari va uning doirasida “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmog‘i vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

festival' zargarlik zardo'zlik

Baholaganlar

27

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing