Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida 20 oktyabr soat 00:00 dan 8 noyabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga (“Panelniy” mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Avvalroq, sentyabr oyida Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga o‘tish yo‘llarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab avtomobil harakati cheklanishi 23 sentyabrdan 10 oktyabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga Istiqbol, Nukus va KXAY ko‘chalaridan o‘tish yo‘llari yopiq bo‘lishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona yo'li ta'mirlash

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing