Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 20 kunga yopiladi
Jamiyat
−
10 iyul 2254 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismi issiq suv quvurlari ta’mirlanishi va almashtirilishi sabab 20 kunga yopiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” issiqlik ta’minoti operatori xabar berdi.

Operatorning ma’lum qilishicha, joriy yilning 11 iyul sanasi soat 8:00 dan 31 iyul soat 6:00 gacha Yashnobod tumani Aviasozlar ko‘chasida magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Ishlar davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur hududning tegishli qismi avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopilgandi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul