Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi
Jamiyat
−
22:18 665 1 daqiqa
Toshkent shahrining turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan yirik kino loyihasi doirasidagi tasvirga olish ishlari munosabati bilan ertaga, 16 sentyabr kuni shahardagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:00 dan 16:00 gacha quyidagi ko‘cha qismlarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasi – “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining nazorat-o‘tkazish punktidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
- Istiqlol ko‘chasi – Amir Temur shohko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha.

Haydovchilardan safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raladi.
Live
Barchasi