Toshkentdagi 12 ta ko‘cha vaqtinchalik yopiladi
Jamiyat
−
20:27 860 2 daqiqa
“Toshkent xalqaro yarimmarafoni” munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 6 sentyabr kuni poytaxtda “Toshkent xalqaro yarimmarafoni” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.


Tadbir ishtirokchilari va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 sentyabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
- Islom Karimov ko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha;
- Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
- Hamidulla Oripov ko‘chasi – Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
- Mustaqillik shoh ko‘chasi – Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar – Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
- Alisher Navoiy ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasi – Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
- O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga ko‘ra, ushbu hududlarga tutash ayrim yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.
Haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi.
Live
Barchasi