Tatariston “Tolibon” harbiy–texnikasini ta’mirlab berishi mumkin

Olam

image

Tatariston kompaniyalari Afg‘onistonda “Tolibon” ma’muriyati tomonidan foydalanilayotgan harbiy va og‘ir texnikani ta’mirlash, qayta tiklash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.

Ma’lum qlinishicha, Rossiyaning Afg‘onistondagi savdo markazi rahbari Xabibullin Tatariston kompaniyalari “Tolibon” ixtiyoridagi Rossiyada ishlab chiqarilgan texnikalarga ehtiyot qismlar yetkazib berish, servis markazlarini yo‘lga qo‘yish hamda xizmat ko‘rsatish tizimini qayta tiklashda ham hamkorlik qilishi mumkinligini bildirgan.

Uning aytishicha, hamkorlik doirasida afg‘on mutaxassislarini o‘qitish uchun maxsus markazlar tashkil etish, shuningdek, Rossiya va Tataristonda ishlab chiqarilgan texnika uchun rasmiy dilerlik tarmoqlarini yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda hozirda Rossiya ishlab chiqargan texnikalarning katta floti mavjud bo‘lib, ular orasida 100 dan ortiq Mi-17 vertolyotlari, 30 mingdan ziyod KamAZ yuk mashinalari hamda 2 mingga yaqin boshqa og‘ir transport vositalari bor.

Bu tashabbus Rossiya va “Tolibon” ma’muriyati o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangandan so‘ng yuzaga chiqqan. Mazkur kelishuv joriy yilning 27 may kuni Moskvada o‘tkazilgan Xalqaro xavfsizlik forumida imzolangan bo‘lib, hujjatni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va “Tolibon” Mudofaa vaziri Mulla Yoqub Mujohid imzolagan.

Mujohidning Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish “Tolibon” uchun muhim ekanini ta’kidlab, ikki tomon o‘rtasida tarixiy aloqalar mavjudligini va kelgusida hamkorlik yanada kengaytirilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Tatariston ta'mirlash harbiy–texnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing