Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 1 oyga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 16 oktyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanadi, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltiriladi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bobur ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing