Toshkentdagi avtoservisda yong‘in bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 11 iyun kuni Toshkent shahridagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar FVB xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 13:24 da Toshkent shahrining Sergeli tumani 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan. 

"Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi. Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyun kuni soat 08:10 da Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan o‘tgan yerosti kabellarida yong‘in holati kuzatilgan kuzatilgandi. Shu sababli davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made