Toşkentda tadbirkordan 3,3 mln söm undirmoqçi bölgan soxta “tuman gaz” xodimi uşlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida özini “Yunusobodtumangaz” xodimi deb taniştirib, tadbirkordan pul undirgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bölimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan. Aniqlanişiça, fuqaro Ş.R. “C.S.” MÇJ rahbari I.K.ga qalbaki xizmat guvohnomasini körsatib, özini “Yunusobodtumangaz” xodimi deb taniştirgan. U MÇJning umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aniqlangan qonunbuziliş uçun 5,2 mln söm jarima qöllamaslik evaziga 3,3 mln sömni firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Quva tumanida beş kişi soxta hujjatlar asosida bankdan 428,8 mln söm kredit olgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing