Toşkentda 83 kişini qariyb 1 mlrd sömga “uxlatgan” guruh foş etildi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida professional treyderning nomi va suratdan foydalanib, fuqarolarga pullarini köpaytirib berişni va’da qilgan uyuşgan jinoiy guruh foş etildi. Guruh a’zolari 83 nafar fuqarodan 986,7 million sömga yaqin pulni özlaştirgan. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, jinoyatçilar 2023 yilning 3 yanvaridan 10 avgustiga qadar Telegram messenjerida treyder Ruxşona Anvarjonova nomidan soxta akkauntlar oçgan. Uning şaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, pulni köpaytirib beriş haqidagi yolğon e’lonlarni joylaştirgan. Fuqarolar esa va’da qilingan xizmatga işonib, pullarini guruh a’zolariga tegişli bank kartalariga ötkazgan. Keyinçalik mablağlar naqdlaştirilib, iştirokçilar örtasida taqsimlangan.

Dastlabki tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida guruh joriy yilning aprel oyidan boşlab Toşkent şahrining Yunusobod va Mirobod tumanlarida yaşirin ofislar taşkil etgani aniqlangan. Şuningdek, jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida 24 iyuldan 24 avgustgaça Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida turib ham faoliyat yuritgan.

Firibgarlikda Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Official Ruhshona”, “Ruhshona Forex”, “RST Trading 1”, “Ruhshona Invest 1”, “Ruhshona FX”, “Sarvarjon Po‘latovich” kabi soxta akkauntlardan foydalanilgan.

Yunusobod va Mirobod tumanlaridagi ofislarda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolari qölga olingan. Ulardan 2 ta kompyuter, 18 ta bank plastik kartasi va 16 ta telefon aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a”, “b” bandlari hamda 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 10 nafar ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

Bundan taşqari, jinoiy daromadlar hisobiga olingani aytilgan Malibu-2, Onix va Equinox rusumli avtomobillar jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllari va fişing havolalarini yuborib, ularning şaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qölga kiritgan ikki nafar şaxs aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing