Toshkentda zilzila ro‘y berdi
Jamiyat
−
19 Oktabr
12677Bugun, 19 oktyabr kuni tunda Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan 01:32 da sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda. Epitsentr: Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.
- O‘rta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktyabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezilgandi.
LiveBarchasi