Toshkentda “Jiguli” va “Niva” to‘qnashishi oqibatida o‘smir jarohatlandi (video)
3-sahifa
−
16 Oktabr
4593Toshkent viloyatida haydovchi “Jiguli”da harakatlanib, qizil chirog‘iga amal qilmagani oqibatda boshqa avtomobil bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 15 oktyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nayman” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan M.Z “Vaz 2101” rusumli transport vositasida yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan holda svetofor chiroqlariga amal qilmasdan harakatlanib kelayotgan vaqtida ushbu yo‘lga qo‘shilish maqsadida ichki ko‘chadan chiqib kelgan 1987 yilda tug‘ilgan Q.Q boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida “Vaz 2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2009 tug‘ilgan A.Z. yengil tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda haydovchi mast odamni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketgandi. Oqibatda u tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etgan.