Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi (video)
3-sahifa
−
10 iyul
16217Toshkent shahar Bektemir tumanida yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1998 yilda tug‘ilgan shar’iy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalaridagi ziddiyatli holatlarga barham bermoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida u bilan uchrashgan.
Sudlanuvchi jabrlanuvchiga 24 marta o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Ushbu holat esa savdo majmuasidagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Tez yordam xodimlarining harakatiga qaramasdan, yigit voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudda sudlanuvchi bo‘lib o‘tgan holatlar yuzasidan ma’lumot berishni istamadi.
“Oilasidan ham kechirim so‘rayman. Bunday bo‘lishini xohlamagan edim. Uzr so‘raganim bilan baribir qaytib kelmaydi. Kechira olsangiz, kechiring”, deydi aybdor.
Erkak sud hukmi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
LiveBarchasi