Toshkentda yomg‘ir sabab mashinalar ham, samolyotlar ham harakatlanolmay qoldi
Jamiyat
−
03 iyun 2019 10684 1 daqiqa
Bugun, 3 iyun kuni kunduzi Toshkent shahrida yog‘gan jala natijasida bir qancha hududlarni suv bosdi.
Kunning ikkinchi yarmidan boshlab bir necha soat davomida yog‘gan yomg‘ir poytaxt ko‘chalarini yana xarob ahvolga keltirib qo‘ydi. Shaharning bir qator ko‘chalarini suv bosdi.
Xususan, Amir Temur ko‘chasining sobiq “Qozog‘iston” kinoteatri joylashgan qismini suv bosdi. FVV vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilyapti.
Poytaxt ko‘chalaridagi eskirgan drenaj tizimlari biroz kuchliroq yomg‘ir yog‘sa, suvning ko‘p miqdorda yig‘ilishiga va ko‘shchalarga toshishiga sabab bo‘lmoqda.
Toshkentdagi yomg‘ir samolyotlar parvoziga ham ta’sir o‘tkazdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Nur-Sulton va Moskvadan poytaxtga kelayotgan samolyotlari Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nolmay, Samarqanddagi aerodromga yo‘l oldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025