Toshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich 300 tonna yuk bilan sinovdan o‘tkazildi
Jamiyat
−
07 Noyabr 2023 9657 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bobur ko‘chasi va "Toshkent" xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, yo‘l o‘tkazgich amalda sinovdan o‘tkazilgan. Undan 4 ta avtotreyler (har biri 35 tonna) va 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) o‘tkazilib, 300 tonna yuklama berilgan.
Sinov natijalariga ko‘ra yo‘l o‘tkazgichning mustahkamligi, berilgan yuklamadan ham ortig‘iga bardoshli ekani aniqlangan.
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr