Toshkentda yangi okeanarium quriladi
Jamiyat
−
14 aprel
7495Toshkent shahrining Yashnobod tumanida okeanarium quriladi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishishi chog‘ida so‘z bordi.
Ma’lum qilinishicha, Chirchiq daryosi bo‘yida 20 gektarda mo‘ljallangan ushbu okeanarium sayyohlarni jalb etadigan yana bir maskan bo‘ladi. Yonida savdo-mehmonxona majmuasi ham qurilib, ularda jami 1 ming 600 ta ish o‘rni ochiladi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumanida turarjoy va ishbilarmonlik maskani barpo etish ham mo‘ljallangan. Unda ko‘p qavatli uylar, bog‘cha va maktablar, sport va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxona va savdo ofislari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Prezident loyihalarning huquqiy, moliyaviy jihatlari hamda infratuzilma masalalarini har tomonlama o‘ylab, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan. Mutasaddilarga sifat va muddatni aniq belgilab, bajarilishini nazorat qilish topshirilgan.
LiveBarchasi