Toshkentda yana besh kishi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi
3-sahifa
−
20 dekabr 2023
10674Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida yana besh kishi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, ushlandi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi shaxslar qo‘lga olingan:
1. 1985 yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);
2. 1987 yilda tug‘ilgan Nurmatov Aziz Nabidjanovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
3. 1990 yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon Shuxratovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);
4. 1992 yilda tug‘ilgan Qodirov Bohodir Akmal o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi (bezorilik);
5. 1992 yilda tug‘ilgan Ismoilov Bobur Botir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi (bezorilik);
Bildirilishicha, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlangandi. Toshkent shahar IIBB og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar qidirilayotgani haqida e’lon berdi. Ularning orasida Rustam Umarov ismli shaxs ham bor edi va u ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushlandi.
LiveBarchasi