Toshkentda voyaga yetmagan bola YTH sodir etdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkentda voyaga yetmagan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 2 iyun kuni soat 5:00 larda Yangihayot tumanida kuzatilgan. Matiz rusumli mashina boshqaruvida bo‘lgan B.Sh. ismli voyaga yetmagan fuqaro harakatsiz turgan J.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Lada rusumli mashina bilan to‘qnashib ketgan.

Shuningdek, Matiz avtomashinasining boshqaruvida bo‘lgan haydovchi 2007 yilda tug‘ilgan (16 yosh) voyaga yetmagan fuqaro ekanligi hamda avtomashina boshqarish huquqiga ega bo‘lmaganligi aniqlangan.

“YTH oqibatida Matiz hamda Lada haydovchilari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing