Toshkentda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
3-sahifa
−
16 may
6228Toshkent shahrining Yunusobod tumanida vagon ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat tumanning “Jome” bozori yaqinidagi “Chuqursoy” temiryo‘l stansiyasida sodir bo‘lgan.
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yerdan 1 metr balandlikka ko‘tarilgan bola katta kuchlanishdagi tok sabab kuygandan keyin vagon chetidagi zinaga osilib qolgan.
Voqea joyiga chaqirilgan tez yordam mashinasi dastlab bolalarga birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan keyin bolalar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan. Bildirilishicha, bolalarning biri 12, yana biri 13 yoshda bo‘lgan. Ularda umumiy hisobda 50 foiz kuyish jarohati aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini ham tok urgan edi. Ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ehtiyotsizligi oqibatida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
LiveBarchasi