Toshkentda o‘smir akasining mashinasida o‘quvchini urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit akasiga tegishli Malibu'da 11-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa soat 09:30 larda Quyi Chirchiq tumani “Sergeli” mahallasi ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan shaxs (maktab o‘quvchisi emas, haydovchilik guvohnomasi yo‘q) akasiga tegishli Malibu rusumli transport vositasini boshqarib, joyidan qo‘zg‘alish vaqtida 2008 yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Bildirilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olmagan. Hozirda avtoulov jarima maydoniga joylashtirilib, holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Nexia va Lacetti o‘rtasidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi vafot etgan edi. YTHga sabab bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan shaxsning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Quyi Chirchiq yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing