Toshkentda o‘ndan ortiq maktablar shu hafta ochilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-gigiyena talablari asosida bugun, 9 sentyabrdan Toshkentdagi bir nechta umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonlari boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, shu hafta mobaynida Toshkent shahrida 16 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini boshlanadi. 

Mazkur maktablarning barchasi mukammal ta’mirdan chiqqan bo‘lib, zamonaviy ko‘rinish, sharoit va qulayliklarga ega. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ta’lim o‘quvchilar orasida masofa saqlagan holda olib borilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab qariyb 10 minga yaqin maktablarning 329 tasi pandemiya sharoitiga moslashgan holda ish boshladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing