Toshkentda o‘quvchisini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora olgan o‘qituvchi qamaldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 13 ming dollar olgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, fuqaro A. Toshkentdagi ta’lim muassasalaridan birida dars berib kelgan. U o‘z o‘quvchisi bo‘lgan B.ni oliygohga kiritib qo‘yishiga ishontirib, undan 8 ming dollar olgan. 

Biroq jinoiy ishi fosh bo‘lgach, u firibgarlik moddasi bilan sud tomonidan 2 yil-u 6 oyga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan. 

Ammo fuqaro A. bundan tegishli xulosa chiqarmay, bu ishlardan so‘ng o‘quvchi M.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. 

Fuqaro A. avval 16 ming, keyin yana 2 ming dollar, jami 18 ming dollar talab qilgan. 2023 yilning 7 avgustida fuqaro A. o‘quvchi D.dan 13 ming dollar olayotgan paytida qo‘lga olingan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ochiq sud majlisida 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.A.ning qilmishini qonunan baholab, uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'lim tibbiyot instituti korrupsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing