Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida otasi tomonidan do‘pposlangan o‘g‘il ruhiy hayajon holatida oshxona pichog‘i bilan otasini pichoqladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, mazkur holat kecha, 13 dekabr kuni Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Chilonzor 11-mavzesida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan erkak mast holatda uyiga kelib, 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘li bilan tortishib, hech bir sababsiz uni urib, do‘pposlagan. Shu vaqtda o‘g‘li ruhiy hayajon holatida oshxona pichog‘i bilan otasining qorin qismiga bir marotaba tan jarohat yetkazgan. Ota olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast haydovchi 47 yoshli erkakni pichoqlagandi. Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish)  3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing