Toshkentda o‘g‘il bolaga jinsiy tegajog‘lik qilgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida avtobuslardan birida 36 yoshli erkak mast holatda 12 yashar o‘g‘il bolaga jinsiy tegajog‘lik qilgani haqida xabar bergan edik. Erkak protsessual tartibda qo‘lga olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaro X.G‘.ga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 37 yoshli erkak qo‘shnisining 13 yoshli qiziga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qilgani, uning ayoli esa bunda vositachi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ish sudda ko‘rib chiqilganda erkakka 5 sutka qamoq, xotiniga esa 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Apellyatsiya sudi ham qarorni o‘zgartirmagan. Endilikda Bosh prokuratura tomonidan tuman va viloyat sudlarining ushbu qarorlariga nisbatan taftish tartibida protest keltirildi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing