Toshkentda tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan ikki soliq inspektori ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tadbirkorlarga yolg‘on gapirib, pul ishlamoqchi bo‘lgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar, Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganini vaj qilib, to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “gashish” sotmoqchi bo‘lganlar Andijonda qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing