Qibrayda elektr stansiyasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in natijasida suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi to‘xtagan. Shu bois, hozirda Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, hozirda yong‘in bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar ma’muriyati uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in suv

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing