Toshkentda suv narxi oshishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta’minoti" MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Narxlarning oshishiga sabab sifatida suv ta’minoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortgani ko‘rsatilgan. 

Qayd etilishicha, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m, oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.

“Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent suv kanalizatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing