Toshkentda sudya pora bilan qo‘lga olindi
3-sahifa
−
17 fevral 2023
16305Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi 16 fevral kuni 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingan. Shu haqda tarqalgan xabarlarni Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Xabar qilinishicha, bugun, 17 fevral kuni Sudyalar oliy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I.B.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Kengash xulosasi bilan I.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
“Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi