Toshkentda sportchi erkak nega ayoli va o‘g‘lini urgani ochiqlandi
3-sahifa
−
29 mart 2023
24502Avvalroq, Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o‘z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisa yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi.
Mazkur oila yashagan mahalla raisining so‘zlariga ko‘ra, ular bu mahallaga 3 yil avval ko‘chib kelgan. Ushbu vaqt ichida oilada ko‘p marotaba janjallar kelib chiqqan. 5-6 marta himoya orderi ham berilgan. Biroq ayol har gal arizasini qaytarib olgan.
Mahalla raisiga ko‘ra, aslida er-xotin bir-birini yaxshi ko‘radi, mojarolar asosan rashk sabab yuzaga keladi. Mahalla raisi bolaning ayovsiz kaltaklanganiga hayron qolganini aytgan. Chunki erkak aslida mehribon ota bo‘lib, farzandlarini juda yaxshi ko‘rgan. Ilgari u bunday harakat qilmagan.
So‘nggi janjal sodir bo‘lgan kuni ayol 3 yoshli qizini olib, onasining uyiga ketib qolgan. Ayolning mahalla raisiga ma’lum qilishicha, erkak o‘g‘lini mashg‘ulotlar vaqtida yaxshi mashq qilmagani sababli urgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi