Toshkentda Spark piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
20 iyul
3659Toshkent shahrida Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 19 iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan (erkak) D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1960 yilda tug‘ilgan (ayol) G.Sh.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘t o‘chirish uchun ketayotgan yong‘in-qutqaruv maxsus transport vositasi YTHga uchragandi.
LiveBarchasi
26 noyabr