Cobalt siqib o‘tgan Spark ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor (video)
3-sahifa
−
17:01 3111 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt haydovchisi yo‘ldan siqib, chiqarib yuborishi oqibatida Spark yo‘l chetida ag‘darilib ketgani ko‘ringan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 avgust kuni soat 09:30 da “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Cobalt va Spark bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgani ko‘ringan. Tasvirlarga ko‘ra, Cobalt haydovchisi Spark’ni siqib, yo‘ldan chiqarib yuborgan. Spark haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilib, ag‘darilib ketgan.
YTHdan so‘ng Cobalt haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Davlat raqam belgisi ko‘rinmagani sababli haydovchi qidiruvda ekani haqida ma’lumotlar e’lon qilingan. Biroq shu kunning o‘zida avtomobil haydovchisi, 30 yoshli X.A. ning shaxsi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni moddaning 3-qismi “a” bandiga ko‘ra, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Nurobod tumanida MAN rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqib, uning beton to‘siqqa urilib ag‘darilishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi