Andijonda “zapravka”dan gaz olayotgan Spark portlab ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Spark avtomobiliga gaz quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasin xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 11:15 da Andijon shahar “Andijon” MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida Spark rusumli transport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha kuch va vositalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Manbaga ko‘ra, chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida gaz yonilg‘isini to‘ldirayotgan Nexia-2 mashinasining gaz balloni portlab ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing