Toshkentda erkak qimor uchun “moyka”dan Spark olib qochdi (video)
3-sahifa
−
07 iyul 2749 1 daqiqa
Toshkentda onlayn qimorga pul tikish maqsadida Spark rusumli avtomobilni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Yunusobod tumanida olib qochilgan Spark rusumli transport vositasi Bektemir tumanida topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi transport vositasini egasining ruxsatisiz avtomobillar yuvish shoxobchasidan boshqarib ketgan.
Gumonlanuvchining aytishicha, u avtomobilni ertalab soat 09:30 lar atrofida Yunusobod tumani 19-kvartaldagi avtomobillar yuvish shoxobchasidan olib ketgan.
“Onlayn qimor o‘ynayman. Shu o‘yinlarga pul tikib, yutaman degan maqsadda avtomobilni olib qochdim. Uni ehtiyot qismlarga ajratib sotmoqchi edim. Oldin taksichilik qilganman, hozir esa avtomobillar yuvish shoxobchasida ishlayman”, degan u.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashash uyida qimorxona tashkil qilgan va tavakkalchilikkka asoslangan o‘yinlarni o‘ynab kelgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust