Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Olam

−

image

Irlandiyadagi Shannon aeroportiga bolta bilan kirgan erkak AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli harbiy samolyotni işdan çiqardi. U samolyot kabinasidagi asboblarni sindirgan, gidravlik quvurlarni kesgan va yonilği baklariga metall şarçalar solgan. Yetkazilgan zarar sabab qiymati 60 million dollarlik samolyot endi parvoz qila olmaydi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, voqea joriy yilning aprel oyida Irlandiyaning ğarbiy qismidagi Şennon aeroportida sodir bölgan. 48 yoşli Dayti O’Korreyn aeroportning xavfsizlik hududiga noqonuniy kirib, perronda turgan C-130 Hercules harbiy samolyotining orqa eşigidagi qulflaş mexanizmini buzgan va içkariga kirgan.

Erkak samolyot içida ekipaj gamaklari yordamida derazalarni tösib qöygan, söng eşiklarni kamarlar, metall moslamalar va vintlar bilan mahkamlagan. U eşiklarning oçilib-yopilişiga tösqinlik qiliş uçun maxsus yölaklarga epoksi bilan aralaştirilgan metall şarçalarni ham joylaştirgan.

AQŞ prokuraturasi ma’lumotlariga köra, O’Korreyn hujumni bir neça oy davomida rejalaştirgan. U internet orqali C-130 samolyotining tuzilişini örgangan, aeroport hududiga yaşirinça kiriş uçun zarur koordinatalarni qidirgan. Şuningdek, samolyotlar parvozini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi ilovaga obuna bölgan va metallni yemiriş xususiyatiga ega galliy moddasiga buyurtma bergan.

O’Korreyn voqeadan söng Irlandiya politsiyasi tomonidan qölga olingan. Unga jinoiy zarar yetkaziş va noqonuniy hududga kiriş ayblovlari qöyilgan. Endi AQŞ prokuraturasi unga Amerika hukumati mulkini yöq qiliş ayblovini ham qöymoqda.

Hozirda O’Korreyn AQŞ qamoqxonasida emas. Unga qöyilgan ayblov böyiça sud majlisi sanasi belgilanmagan. Agar aybi isbotlansa, u 10 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

AQŞ Federal tergov byurosining Nyu-Yorkdagi bölimi rahbari Jeyms Barnikl bu hodisa şunçaki öz-özidan sodir bölgan bezorilik emasligini ta’kidlagan. Manxetten okrugi prokurori Jeymi Makdonald esa AQŞ harbiy ob’ektlariga qilingan hujumlarga toqat qilinmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing