Urgutda Cobalt Spark bilan to‘qnashib, yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 1 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt Spark bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:10 lar atrofida Urgut tumani “Bahrin” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1109-kilometrida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobil o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Spark rusumli avtomobil bilan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Hodisa oqibatida Cobalt rusumli avtomobilning salon va dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in FVB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yo‘q.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lexus rusumli transport vositasi Cobalt bilan to‘qnashib ketgandi. Sodir bo‘lgan YTH oqibatida kimdir tan jarohati olgani yoxud haydovchilarning ahvoli haqida axborot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing