Toshkentda Lexus Cobalt bilan to‘qnashib ketdi
3-sahifa
−
10:52 1942 1 daqiqa
Bugun, 30 iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lexus rusumli transport vositasi Cobalt bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa tungi soat 01:20 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Navoiy–Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Unda 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Lexus rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng u oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Sodir bo‘lgan YTH oqibatida kimdir tan jarohati olgani yoxud haydovchilarning ahvoli haqida axborot berilmagan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti Kia K5 bilan to‘qnashishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketgan edi.
Live
Barchasi