Toshkentda Lacetti Kia K5 bilan to‘qnashib, ikkiga bo‘linib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahrida Lacetti Kia K5 bilan to‘qnashishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 05:10 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur – Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli transport vositasi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Idora jarohatlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Malibu-2 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 kishini katta tezlikda urib yuborgani va oqibatda 2 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing