Malibu’da 3 kishini urib, uchirib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Andijon viloyatida Malibu-2 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 kishini katta tezlikda urib yuborgani va oqibatda 2 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisani sodir etgan Malibu haydovchisi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hozirda haydovchi protsessual tartibda qamoqqa olingan. Holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa joriy yilning 25 iyun kuni sodir bo‘lgan. Andijon shahar “Yangi Bo‘ston” MFY Amir Temur shoh ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi R.Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha tibbiy muolajalarga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Bundan oldinroq ham Andijonda ayanchli YTH sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh o‘quvchilar yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 1 nafar o‘quvchi vafot etgandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing