Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketdi

3-sahifa

image
Samarqandda yuk mashinasi Lasetti bilan to‘qnashdi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi north_east

Samarqandda yuk mashinasi Lasetti bilan to‘qnashdi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi

Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkentda Spark va Matiz rusumli yengil avtomobillar to‘qnashdi. Natijada Matiz yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat taxminan 18:30 larda Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, Botanika bog‘i qarshisida yuz bergan.

Avtohalokat oqibatid, Spark rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga jo‘natilgan.

Matiz rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing