Samarqandda yuk mashinasi Lasetti bilan to‘qnashdi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
17 Sentabr 2020
7157Kecha, 16 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 7:00 da tumanidagi “Yobu” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo‘lining 139 kmda sodir bo‘lgan. Haydovchi 26 yoshli I.R. boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli yuk avtomashinasini Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi 53 yoshli Sh.H.ning boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urgan.
Natijada, Lasetti yo‘lovchisi 70 yoshli H.X. tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B. (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi