Samarqandda 800 örinli yangi şifoxona quriladi

Jamiyat

−

image

Davlat-xususiy şeriklik modeli asosida Samarqand şahrida 800 örinli şifoxona quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan soğliqni saqlaş sohasiga investitsiya jalb qiliş, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va yirik tibbiyot ob’ektlarini barpo etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, ayni paytda soğliqni saqlaş sohasida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar bölgan 35 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel şakllangan. Ular yangi ixtisoslaşgan markazlar va köp tarmoqli şifoxonalar quriş, mavjud tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlaş, zamonaviy kadrlar tayyorlaşni qamrab oladi.

Yangi tibbiyot muassasalarini quriş va mavjudlarini modernizatsiya qilişda ularning joylaşuvi, quvvati hamda körsatadigan xizmatlari aholining ehtiyojiga mos bölişi muhim. Taqdimotda investitsiya loyihalarini şu asosda şakllantiriş, ularga xususiy sektorni jalb etiş va tibbiyot muassasalarini boşqarişning yangi usullarini joriy qiliş masalalariga e’tibor qaratilgan.

Xususan, Milliy onkologiya markazi, Respublika nevrologiya va insult markazi, Toşkent viloyatida kattalar uçun köp tarmoqli tibbiyot markazi, Qaşqadaryo viloyatida yangi şifoxonalar hamda Nukus şahridagi onalar va bolalar markazini barpo etiş, Termiz şahrida tibbiy ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, davlat-xususiy şeriklik modeli asosida Samarqand şahrida 800 örinli şifoxona, Buxoro viloyatida köp tarmoqli tibbiyot muassasasini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Taqdimotda uşbu loyihalar doirasida amalga oşirilayotgan işlarning borişi haqida ma’lumot berilgan.

Bundan taşqari, umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan töqqizta istiqbolli loyiha böyiça takliflar şakllantirilgan. Ular nevrologiya va insult, ruhiy salomatlik va narkologiya xizmatlari, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi infratuzilmasini rivojlantiriş, şoşilinç tibbiy yordamni takomillaştiriş, uning avtoparkini yangilaş hamda tibbiy kadrlar tayyorlaşni qamrab oladi.

Kelgusida tibbiyotga investitsiya jalb qiliş soğliqni saqlaş infratuzilmasining master-rejasi bilan boğlanadi. Şu asosda 2040 yilgaça möljallangan investitsiya strategiyasini işlab çiqiş taklif etilgan. Avvalo, amaldagi loyihalar xatlovdan ötkazilib, ularning dolzarbligi va amalga oşiriş imkoniyatlari baholanadi. Keyin hududlar ehtiyojiga mos loyihalar tanlanib, ularning investitsiya pasportlari va yagona portfeli şakllantiriladi. Strategiya xususiy investorlar, xalqaro moliya institutlari va donorlar bilan işlaşda ustuvor yönalişlarni belgilab beradi.

Tibbiyot muassasalari faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilişning muhim yönalişi – autsorsing. Kelgusi yildan amal qiladigan yangi tartibga köra, muassasalar ayrim tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy taşkilotlardan xarid qilişi mumkin böladi. Bunda xizmat körsatuvçi bilan uzoq muddatli şartnoma tuziş, xizmat hajmi va sifatini oldindan belgilaş, natijani aniq mezonlar asosida baholaş taklif etilmoqda. 2030 yilga borib xizmatlar xaridida autsorsing uluşini 30 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Uşbu jarayonni şaffof yuritiş uçun “Tibbiyot autsorsingi” elektron tizimini joriy etiş rejalaştirilgan. Unda xizmatlar, ijroçilar va şartnomalarning yagona reyestri yuritilib, körsatilgan xizmat hajmi, sifati hamda tölovlar kuzatib boriladi. Tizimni davlat xaridlari bilan boğlaş ham nazarda tutilmoqda.

Yirik tibbiyot taşkilotlariga professional boşqaruvçilarni jalb qiliş masalasi ham muhokama markazida bölgan. Ularni oçiq tanlov asosida saralaş va faoliyatini har yili belgilangan natija körsatkiçlari böyiça baholaş közda tutilgan. 2030 yilgaça beşta yirik muassasada şunday boşqaruvni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

Davlat rahbari sohaning investitsiya strategiyasi va taqdim etilgan loyihalarni master-reja asosida puxta işlab çiqiş, amaldagi loyihalarni jadallaştiriş yuzasidan mutasaddilarga körsatmalar bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing