Samarqand va Toşkentda “tabletka” savdogarlari uşlandi

3-sahifa

−

image

Samarqand viloyatining Iştixon tumani va Kattaqörğon şahrida, şuningdek, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy sotgan uç kişi uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Iştixon tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro M.A. 146 dona “Benzonal” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Departamentning Kattaqörğon şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ş.Yu. 80 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bundan taşqari, Departamentning Yakkasaroy tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. 15 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 672 ta “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi 4 ming AQŞ dollariga sotilayotganda uç kişi uşlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing