Toşkentda 672 ta “tabletka”ni $4 mingga sotmoqçi bölganlar uşlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent şahrida 672 ta “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi 4 ming AQŞ dollariga sotilayotganda uç kişi uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, IIV Tezkor-qidiruv departamentining hududiy bölimlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida poytaxtning Yangixayot tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda 1995 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan şaxs hamda uning 1994 yilda tuğilgan ayol va 2000 yilda tuğilgan erkak şeriklari Gentra avtomaşinasida 672 ta “Regapen”ni 4 ming dollarga sotayotgan vaqtida qölga olingan. Vazirlik ma’lumotiga köra, 1995 yilda tuğilgan şaxs giyohvandlik moddalari savdosi bilan boğliq jinoiy faoliyatda yirik sotuvçi bölgan.

Olmazor tumanidagi tekşiruvlar davomida esa muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan aka-ukalarning giyohvandlik moddalarini qölbola usulda tayyorlagani aniqlangan.

Ma’lum qilinişiça, aka-ukalar tumandagi foydalanilmaydigan töyxonalardan birini muntazam yiğilib turiş uçun joy sifatida işlatgan. U yerdan giyohvandlik moddalari bilan boğliq aşyoviy dalillar, jumladan, yelim idişlar, elektron tarozi, noma’lum suyuqlik solingan idiş, qölbola çekiş moslamasi va öramdagi giyohvandlik moddasi olingan.

Aka-ukalarning avtomaşinalaridan gaşiş va jami sakkiz dona “Regapen” topilgan. Ularning yaşaş manzilidan ham gaşiş va “Regapen” aniqlangan.

Tekşiruvlar davomida aka-ukalarga giyohvandlik moddalarini 2000 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan şaxs yetkazib berib kelgani ma’lum bölgan. Undan gaşiş va 532 ta “Regapen” dori vositasi olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) uçinçi qismi “v” bandi hamda 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) beşinçi qismi “a” bandi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 20 kilogrammdan ortiq ekstraksiyali opiyning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing